"Nasaf"ning ikki yetakchisi "Paxtakor"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2025, 14:21
Qarshiliklar yarim himoyachisi Oybek Bozorov va himoyachi Sherzod Nasrullaev faoliyatini "sherlar" safida davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Bozorov ushbu mavsum 30 o'yinda 4 ta to'p kiritdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nasrullaev esa 28 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia