Sergey Lushchan "Navbahor"ni tark etdimi?

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025, 17:47
"Navbahor" muxlislariga oid turli Telegram kanallarida Sergey Lushchan "Navbahor" bosh murabbiyi lavozimidan ketgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoani vaqtincha "Navbahor" U-21 ustozi Sherzod Jo'raev boshqarib boradi.

Biz "Navbahor"dan izoh olishga harakat qildik, ammo klub vakillari hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Superliga 22-turida "Buxoro"dan 0:5 hisobida engilgan va uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Sergey Lushchan shunchaki "yorilgan" edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia