

"Dinamo" PFK Jizzaxdagi o'yindan keyin hakamlik bo'yicha shikoyat kiritdi
Superliga 20-turi doirasidagi "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan keyin Dinamo PFK o'yindagi hakamlik bo'yicha uchrashuv rasmiy qaydnomasiga shikoyatini qayd etdi.
Klub o'yindagi bir qator vaziyatlar bo'yicha o'z etirozini yo'llaydi", -deyiladi Samarqand klubi rasmiy bayonotida.
Ma'lumot uchun, Jizzaxdagi o'yinning so'nggi daqiqasida bosh hakam Ilgiz Tantashev tomonidan "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgilandi. Katta ehtimol bilan aynan shu vaziyatga samarqandliklar etiroz bildirishgan.



