SSKA himoyachisi: "Abbosga kelajakda o'zi xohlagan ligada o'ynashini tilayman"

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025, 16:37
Moskvaning SSKA klubi himoyachisi Igor Diveev yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir" jamoasiga o'tishi haqida gapirdi.

Futbolchi Fayzullaevning orzusi qanday ekanini bilishi, shuning uchun u uchun juda xursand ekanligini takidladi.

"Men Abbosga omad tilayman. Unga Turkiyada muvaffaqiyat tilagan holda, kelajakda o'zi xohlagan ligaga o'tsin deyman", – dedi Diveev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining 21 yoshli futbolchisi Turkiya jamoasi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс