O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Eronga yo'l olmoqda

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2025
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin.

"Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga etgan tajribali xavbekka "Persepolis" qiziqmoqda. Bosh murabbiy Vohid Hoshimyanning shaxsan o'zi uni jamoada ko'rmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Persepolis" ayni paytda o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Transfermarkt portali 29 yoshli Shukurovni 1,8 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Persepolis"da O'zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Oston O'runov to'p tepadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: footballi.net