Eshitdik-da! Ertaga Shackix "Andijon" bosh murabbiyi etib tayinlanadi

Narzulla Saydullayev
12 may 2025
"Andijon" klubida yangi murabbiylar ish boshlashmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, ertaga, 13 may kuni Maksim Shackix Andijon shahriga yetib boradi va katta ehtimol bilan "burgutlar" bilan shartnoma tuzadi. Shackix bilan birga 3 nafar yordamchi murabbiy "Andijon"ga keladi. Ulardan ikki nafari Vitaliy Shpanyuk va Akmal Shorahmedov. Uchinchi murabbiy nomi ertaga ma'lum bo'ladi. 

O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi "Andijon" - "Dinamo" uchrashuvida mezbonlarni Artyom Petrosyan boshqaradi. Sababi Shackix hali PFL ro'yxatidan o'tkazilmagan. Aynan ertangi bahsdan keyin Maksim Shackix jamoani qabul qilib oladi.

Eslatib o'tamiz, 4 may kuni "Andijon" klubi bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni iste'foga chiqargan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia