"Barselona" "Inter" futbolchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 may 2025
"Barselona" yaqin kelajakda o'ng qanot himoyasini kuchaytirishi mumkin.

Sport.es ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "Inter"dan Denzel Dyumfrisni safiga qo'shib olishni istamoqda.

Qizig'i shundaki, Chempionlar Ligasi yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda 29 yoshli Dyumfris beshta samarali harakati bilan ajralib turdi – ikkita gol urdi va jamoadoshlariga uchta pas uzatdi. Dyumfris "Inter"da butun o'ng qanot bo'ylab harakat qiladi – himoyadan to hujumgacha.

Shu bilan birga, takidlanishicha, "Barselona"ning short-listida boshqa o'ng qanot himoyachilari – Jeremi Frimpong ("Bayer"), Dodo ("Fiorentina") va Vanderson ("Monako") ham bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es