Muhammadali O'rinboev "Brentford" U-21 jamoasida debyut qildi

Iskandarov Abdulaziz
24 fev 2024
Xabaringiz bor, joriy yil yanvar oyining so'nggi kunida o'zbekistonlik yosh futbolchi Angliyaning "Brentford" klubiga transfer qilingan edi.

Futbolchimiz kecha klubning U-21 jamoasi safida debyut uchrashuvini o'tkazdi. "Reding" U-21 jamoasi bilan kechgan o'yinda "Brentford" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 

Muhammadali O'rinboev o'yinni asosiy  tarkibda boshladi va kichik jarohat sabab 59-daqiqada o'z o'rnini Lisbiga bo'shatib berdi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining jarohati jiddiy emas. Murabbiy o'yindan so'ng tezkorlik bilan tiklanish uchun dam berishga qaror qildi. O'yin davomida standart vaziyatlarni o'zbekistonlik to'p tepar amalga oshirdi. 

Tanaffusdan so'ng yosh "asal arilar" hujumkorlikni kuchaytirdi. Bir vaziyatda O'rinboevning burchakdan oshirgan to'pini Xey boshi bilan darvozaga kiritishga urinib ko'rdi. Yakunda esa omad "Reding"ga kulib boqdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia