36 yoshli Yaya Ture Angliyada o'ynashni xohlamoqda

Alisher
14 noya 2019, 16:21
"Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Angliyaga qaytishga qarshi emas.

Futbolchi hozirda Xitoyning "Cindao" klubida o'ynamoqda.

- Yana Angliyada o'ynashni xohlayman, ammo mening xohishim kim meni o'z jamoasiga taklif qilishiga bog'liq.

Men o'zimni reklama qilishni xohlamayman va o'z xizmatlarimni taklif etmayman, ammo Angliyada o'ynash uchun yana bir imkoniyat xohlardim, - deydi Yaya Ture.

Eslatib o'tamiz, Yaya yozda Xitoyning 2-divizionida ishtirok etayotgan "Cindao Xuanxay" klubi Yaya Ture bilan shartnoma imzolagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports