Rasman: Ruslanbek Jiyanov - "Navbahor" o'yinchisi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2023, 21:53
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'yinchisi Ruslanbek Jiyanov faoliyatini "Navbahor" klubida davom ettiradi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Namangan klubi Jiyanovni "Pari NN"dan bir yilga ijaraga olgan.

"Mahoratli hujumchi Ruslanbek Jiyanov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

Biz Ruslanbek Jiyanovga "Navbahor"dagi faoliyatida omad yor bo'lib, chiroyli o'yinlari va gollari bilan "lochinlar"ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Jiyanov 2023 yilning fevralida Rossiyaning "Pari NN" bilan uch yillik shartnoma imzolagandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia