Eron yetakchilaridan biri O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023, 19:40
"Feyenoord" hujumchisi Yevropaga qaytib ketadi.

Eron terma jamoasi hujumchisi Alirizo Jahonbaxsh JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Terma jamoa shifokorining ma'lum qilishicha, Alirizo Gongkongga qarshi bahsda tizzasidan jarohat olgani bois, davolanish uchun yakshanba kuni Niderlandiyaga jo'nab ketadi.

Shu sababli, u Toshkentdagi qarama-qarshilikda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "E" guruhi peshqadamlari o'rtasidagi bahs 21 noyabr kuni soat 18:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia