

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun stadionda juda chiroyli muhit bo'ldi. Muxlislarning ko'pligi o'yin chiroyli o'tishiga sabab bo'ldi. O'ylaymanki, uchrashuv muxlislarga yoqdi. 2:0 hisobia oldinda borayotib yakunda durangga erishdik. Natija esa "Neftchi"ga chempionlikni taqdim etdi. "Neftchi"ni chempion bo'lgani bilan tabriklayman.
- 2:0 hisobida oldinda bora turib g'alabani qo'ldan chiqarish alamli bo'lsa kerak?
- Yutish uchun 2:0 kamlik qiladi. Hisob 3:0 yoki 4:0 bo'lganida boshqa gap edi.
- "Dinamo"ning bugungi o'yini mavsum uchun berilgan baho desa bo'ladimi?
- Ha, qaysidir jihatdan shunday deyish mumkin. Juda qiyin mavsumni o'tkazdik. Biz qo'ldan kelgancha harakat qildik.
- O'yindan keyin futbolchilarga nima dedingiz?
- O'yin uchun rahmat aytdim. Samarqand xalqi uchun shunday bayram qilib bera olmaganimizga uzr so'radim.



