Giorgi Nikabadzening "Neftchi"ga o'tishi kutilmoqda

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023
Farg'onaning "Neftchi" klubiga davralar oralig'ida yangi legioner kelishi kutilmoqda.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, vodiy klubi jamoani tark etgan Toma Tabatadze o'rnini boshqa bir gruziyalik markaziy hujumchi Giorgi Nikabadze bilan to'ldiradi.

32 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Banga", "Guriya", "Telavi", "Dinamo Batumi" kabi klublarda o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Samgurali" hisoblanadi.

Avvalroq "Neftchi"ning Murod Bobojonov bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia