"Neftchi" "Turon" futbolchisiga qiziqmoqda. U kim bo'lishi mumkin?

Omonjon To`xtamirzayev
30 iyun 2023
"Neftchi" lageridan daraklar. Farg'onaliklar ham transfer oynasida imkon qadar unumli foydalanishni maqsad qilgan.

Klub yarim himoyadagi raqobatni kuchaytirish uchun "Turon" yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievga jiddiy qiziqmoqda. U  yozgi transferlar oynasi vaqtida "Neftchi"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Futbolchi yaypanliklar libosida 12 ta o'yinda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasini 1 bor ishg'ol qilgan bo'lsa, 1 ta golga assistentlik qildi. O'zbekiston kubogi bahslarida 3 ta o'yinda 1 ta gol urdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia