Eshitdik-da! "Buxoro" o'zbek futboli afsonasi bilan kelishuvga erishdi

Iskandarov Abdulaziz
20 may 2023, 18:29
Yozgi transfer oynasi hali boshlanmasidan klublar allaqachon harakatni boshlab yuborgan.

Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, "Buxoro" yozgi transferlar oynasida o'zbek futboli afsonasi, tajribali darvozabon Ignatiy Nesterovni o'z safiga qo'shib olishi aniq bo'lib ulgurgan. O'zbekiston terma jamoasi sobiq posboni joriy yilda hech bir jamoa bilan shartnoma imzolagani yo'q.

Bosh murabbiy Ulug'bek Bakaev kecha "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvdan so'ng transferlar borasida harakat boshlanganini aytib, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar borligini yashirmagan edi. Bundan sezish mumkinki, klub yozda serbiyalik darvozabon Nikola Stoshich bilan xayrlashadi. Legioner kiper "Neftchi" va undan oldingi o'yinlarda yo'l qo'ygan xatolari sabab o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazib yuborilgandi. Uning o'rnini Nesterov egallaydi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia