34 yoshli Riberi va Robbenning "Bavariya"dagi taqdiri bahorda hal bo'ladi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 13:04
"Bavariya" rahbariyatining fikricha, jamoa yarim himoyachilari Aren Robben va Frank Riberi klubdagi kelajagi borasida sabr qilishlari kerak.

Bu haqda nemis grandi prezidenti Uli Xyoness ma'lum qildi.

"Bavariya"da Riberi va Robben borasida qaror qabul qilingani yo'q. Aprel yoki mayda bir qarorga kelamiz deb o'ylayman" - deydi Xyoness.

34 yoshli Riberi va Robbenning nemis grandi bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1