“Dedpul”ning klubi Angliya Kubogida sensaciya ko'rsatishiga oz qoldi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2023, 10:00
Angliya Kubogi 1/16 finalida 5-divizion jamoasi “Reksxem” Chempionship peshqadamlari qatorida borayotgan “Sheffild Yunayted” bilan jangovar durang o'ynadi.

Aniqrog'i, mehmonlar 90+5-daqiqadagi gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Endi ular o'rtasida takroriy bahs bo'lib o'tadi va uchrashuv “Sheffild Yunayted” maydonida o'tkaziladi.

Non-ligada qatnashadigan “Reksxem” Uels klubi hisoblanadi. Uning xo'jayini esa “Dedpul” obrazi orqali ko'pchillikka tanish bo'lgan Rayan Reynoldsdir. Aktyor uchrashuvni stadiondan kuzatdi va oxirgi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan golda emociyalarini yashira olmadi.

"Reksxem" – "Sheffild Yunayted" 3:3 (0:1, 3:2)

"Reyskors Graund"

Gollar: 0:1 – 2 Makberni, 1:1 – 50 Jons, 2:1 – 61 O`Konnor, 2:2 – 65 Norvud, 3:2 – 86 Mallin, 3:3 – 90 Igan.

"Reksxem" – Xovard, Tozer, Tannikliff (Cleworth, 5), Xeyden (Jons, 11), Makfazin (Dolbi, 75), Yang, O`Konnor, Ford, Palmer, Li, Mallin.

"Sheffild Yunayted" – Devis, Bogl, Bashem, Igan, Axmedxodjich (Kulibali, 87), Osborn (Ndiay, 58), Norvud, Doyl, Makati (Lou, 46), Makberni (Sharp, 58), Jebbison.

Ogohlantirishlar: Igan (45), Yang (56), Makfazin (64), Tozer (71), Bogl (90).

Chetlatish: Jebbison (71).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia