Eshitdik-da! AGMK yig'iniga ispaniyalik futbolchi qo'shildi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2023
AGMK ayni paytda BAAda yig'in o'tkazmoqda.

O'tgan mavsum "Surxon"da o'ynagan hujumchi Ruben Sanches  olmaliqlar yig'iniga borib qo'shildi. Tez orada AGMK bu borada rasmiy xabarni e'lon qilishi kutilmoqda.

O'tgan mavsum hujumchi O'zbekiston chempionatida 12ta o'yinda 8ta gol urgan edi.

AGMK endi kamida 2 futbolchisi bilan rasman xayrlashishga majbur, chunki futbolchilari 22taga etdi va PFL reglamentiga ko'ra jamoa liga uchun 2001 yildan katta futbolchilarni maksimum 20ta zayavka qilishi mumkin.

Toshkent vaqti bilan 21:44da AGMK ushbu ma'lumotni tasdiqladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia