

Bizga ma'lum bo'lishicha, Bobur Yo'ldoshevga Superliganing "Neftchi" va "Buxoro" jamoalari qiziqish bildiryapti. Qolaversa, "Qizilqum" ham futbolchisini o'zida qolib qolishga harakatini boshlagan.
Himoyachi o'tgan mavsum "Qizilqum" safida Superligada 17ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 marotaba sariq, 1 marotaba qizil kartochka bilan jazolandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 20 dekabr kuni yakunlangan edi.



