

Hozirda portugaliyalik mutaxassis "Roma"ga ustozlik qilmoqda.
"Ehtimol, Mourinyu Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lar. U mendan uning yordamchisi bo'lishimni so'radi", – dedi Alberto.
Braziliya terma jamoasi Tite ketganidan keyin murabbiysiz qoldi. 61 yoshli mutaxassis Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasiga ko'ra (1:1, 2:4) mag'lub bo'lgach, iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. U 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.



