

Papava "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "sherlar" klubining Telegram kanalida e'lon qilindi.
"Faoliyati davomida Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi va "Dila", Kiprning "Nea Salamis" va yurtimizda AGMK klublarida o'ynagan Papava yuqori ligalarda 242 o'yinda maydonga tushib, 7 gol muallifiga aylangan. Evrokuboklarda 19 uchrashuvda 1 to'p kiritgan. "Dinamo" Tbilisi bilan jamoa sardori sifatida 4 karra Gruziya chempioni bo'lgan. Endi navbat O'zbekiston chempionatiga" - deyiladi "Paxtakor" e'lon qilgan xabarda.
Oldinroq saytimizda "Paxtakor" Papava hamda "Nasaf" himoyachisi bilan shartnoma tuzgani e'lon qilingan edi.


