"Paxtakor" 2 asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
16 dek 2022, 11:10
O'zbek klublari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirishmoqda.

2-dekabr kuni "Eshitdik-da" rukni orqali "Navbahor" jamoasi "Paxtakor" himoyachisi Doston Tursunovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Navbahor" "Paxtakor" futbolchisini o'z safida ko'rmoqchi

"Paxtakor" jamoasi ikki asosiy himoyachisi Doston Tursunov hamda Hojiakbar Alijonovlar bilan shartnomani uzaytirdi. Tursunov bilan kelishuv 1 yilga, Alijonov bilan esa 2 yilga uzaytirilgan.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Doston Superligada 7ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, Hojiakbar 22ta bahsda ishtirok etdi va 3ta gol urib, 4ta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia