Rasman: Grem Potter - "Chelsi" bosh murabbiyi!

Оқил Абдубарноев
8 sen 2022, 19:56
"Chelsi" Grem Potterni bosh murabbiy etib tayinladi.

Klub angliyalik mutaxassis bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Potter bundan avval "Brayton"da ishlagan. U 2019 yilning may oyidan beri jamoani boshqarib kelayotgandi.

Avvalroq "Chelsi" "Brayton"ga 10 million funt tovon puli to'lashi kerakligi xabar qilingandi.

Kecha "Chelsi" Tomas Tuxel bilan hamkorlikni to'xtatganini e'lon qildi. Nemis murabbiyi 2021 yilning yanvaridan buyon klubga ustozlik qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: chelseafc.com