

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, “qaldirg'ochlar” qanotlarni kuchaytirish maqsadida Oleg Zoteev va Shuhrat Muhammadievni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Championat.asia" insayderi Shahboz Beg'amovning xabar berishicha, muzokaralar qizg'in davom etmoqda.
33 yoshli Zoteev 2013-2014 yillarda “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan. U Superliga joriy mavsumida 10 ta o'yinda maydonga tushib, bitta sariq oldi.
33 yoshli Muhammadiev esa O'zbekiston chempionati ushbu mavsumida 11 ta bahsda qatnashdi.



