"Qizilqum" o'rtoqlik uchrashuvida "Mashal"ni mag'lubiyatga uchratdi

Iskandarov Abdulaziz
28 yanv 2022
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi kecha joriy mavsumga tayyorgarlik doirasida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Yangi murabbiy Nikola Lazarevich qo'l ostidagi ilk bahsda "Qizilqum" Muborakning "Mashal" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Murabbiylar shtabi ushbu bahsda ikki xil tarkibni sinovdan o'tkazdi. 

O'rtoqlik uchrashuvi

Navoiy, “Yoshlar” sport majmuasi

“Qizilqum”  2 : 0 “Mashal” 

Gollar: Orifxo'ja Abduxoliqov (82’), Tengiz Cikadze (89’).

"Qizilqum" birinchi bo'limda: Javoxir Ilyosov, Islom To'xtaxo'jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Tolmasov, Oleg Zoteev, Salim Mustafoev, Erkin Baydullaev, Aleksandar Stanislavlevich, Xumoyun Abdualimov, Sanjar Shoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov

Ikkinchi bo'limda: Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Azizbek Usmonov, Sherali Jo'raev, Timur Nabiev, Shaxzod Turopov, Tengiz Cikadze, Jasur Azimov, Azamat Maqsumov, Orifxo'ja Abduxoliqov, Ilhom Kenjaev


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia