Sardor Rashidov "Paxtakor" mashg'ulotlarida

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2022
"Paxtakor" jamoasining asosiy tarkibi bugun yangi mavsumga hozirlik jarayonini boshlab yubordi.

Qibraydagi klub bazasida o'tgan dastlabki mashg'ulotda futbolchilar engil yugurish va to'p bilan ishlash mashqlarini bajarishdi. Yanvar oyida tayyorgarlik jarayoni Qibrayda olib boriladi.

E'lon qilingan suratlarda Sardor Rashidovning ham klub bilan mashg'ulot o'tkazayotgani ko'rish mumkin.

Klub matbuot kotibi Behzod Nazarovning ma'lum qilishicha, Rashidov Toshkent klubi bilan hali shartnoma tuzmagan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати.