

Eslatib o'tamiz, ushbu qarama-qarshilikning Madriddagi dastlabki o'yinida "qirollik klubi" 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan edi.
"Kamtarlik va ambiciya - bizga kerak bo'lgani shu"
Arbeloaning takidlashicha, yirik hisobdagi ustunlik jamoani xotirjam qilmasligi kerak:
"Birinchi o'yindagi kabi maydonga chiqib, faqat g'alaba uchun o'ynashimiz shart. O'tgan safargidek yoki undan ham kuchliroq fidoyilik bilan harakat qilishimiz lozim. Bu juda murakkab stadion va u yerdagi muxlislar o'z jamoasini bor kuchi bilan oldinga boshlaydi. Ertaga maydonda biz ko'rishimiz kerak bo'lgan asosiy narsa - bu kamtarlik va ambiciya".
"Ularga yana haqiqiy muammo tug'dirishimiz kerak"
Ispaniyalik mutaxassis jamoaning asosiy maqsadini quyidagicha izohladi:
"O'ylaymanki, ertangi bahs qanchalik og'ir o'tishini barchamiz yaxshi anglab turibmiz va hozir boshqa narsa haqida o'ylashga haqqimiz yo'q. Biz birinchi o'yindagidek yoki undan ham yuqoriroq saviyada o'yin ko'rsatishimiz talab etiladi. Maqsadimiz aniq: xuddi dastlabki uchrashuvdagi kabi raqibga haqiqiy muammo tug'dirish uchun maydonda birdamlik va tinimsiz mehnatni namoyish etishimiz kerak", - dedi Arbeloa.



