"Barselona" Kumanning o'rniga uch nomzodni ko'rib chiqmoqda

Alisher
13 may 2021, 11:31
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqarilishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" uning qo'l ostidagi jamoaning natijalaridan norozi.

Jurnalist Xerard Romeroning ma'lumotiga ko'ra, rahbariyat niderlandiyalik murabbiyning o'rniga Xavi Pilmeni ("Barselona" B), Xavi Ernandes ("Al Sadd") va Erik ten Xag ("Ayaks") nomzodlarini o'rganmoqda.

Kataloniyaliklar ayni damda La Ligada yetakchi "Atletiko"dan 4 ochko ortda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero