VAR ishlagan Navbahor- Paxtakor o'yinida mehmonlar so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urib, g'alabani ilib ketdi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2021, 20:26
Coca Cola Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning matnli translyatsiyasini shu yerda kuzatib borish mumkin.

Coca Cola Superliga. 5-tur
7 aprel, chorshanba
NAVBAHOR – PAXTAKOR - 1:2
Hakamlar
: Firdavs Norsafarov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistentlari: Timur Galeev, Ziyodullo Abdurahmonov
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: Sherali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Said Shohruh

Gol: 41 - Dragan Cheran 0:1; 71 - Islombek Isoqjonov 1:1; 90 - Dragan Cheran 1:2 

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe(28.Nikola Tasich,70), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin 88.Slavisha Stoyanovich(70.Abbos G'ulomov, 57).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohruh Mahmudhojiev, 95.Zabihillo O'rinboev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg'unboev(18.Hojimat Erkinov,46), 10.Dragan Cheran, 19.Sharof Muhiddinov(14.Humoyunmirzo Iminov,72), 21.Abror Ismoilov, 23.Sherzod A'zamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov,  17.Sherzod Temirov,  28.Diyor Xolmatov, 88.Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirish: Isoqjonov 22, A'zamov 45+2, Abror Ismoilov 69, Davronbek Xoshimov 76, Golban 81,


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+5. Ogohlantirish: Quvvatov ogohlantirildi

90+3. O'zgarish: Cheran o'rniga Azmiddinov tushirildi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

90. GOOOOOOOOOL. CHERAN penaltidan hisobni o'zgartirdi.


89. VAR-Penalti! Rashidovga nisbatan qo'pollik uchun

Norsafarov 5 daqiqadan beri penalti bor yoki yo'qligini tomosha qilmoqda.

84. Uchrashuvda to'xtalish. Hakamlar VARni ko'rmoqda.

81. Ogohlantirish:  "Navbahor"dan Golban ogohlantirildi

76. O'zgarish: Isoqjonovning o'rniga O'rinboev maydonga tushdi

 76. Ogohlantirish: Davronbek Xoshimov ogohlantirildi. Bu uning mavsumdagi to'rttinchi sariq kartochkasi va keyingi turni o'tkazib yuboradi.

72. O'zgarish: "Paxtakor"da Muhiddinov o'rniga Iminov tushirildi

Lochinlar jarima maydonchasining ichida ajoyib hujum tashkil etishdi. G'ofurovning uzatmasini Isoqjonov chiroyli tarzda gol urdi


71. GOOOOOOOL. Isoqjonov hisobni tenglashtirdi

70. O'zgarish: Panshanbe o'rniga Tasich tushirildi

69. Ogohlantirish: Abror Ismoilov ogohlantirildi

63. ZARBA. Solovyovning jarimadan yo'llagan zarbasini Quvvatov ushlab oldi

57. O'zgarish: Abbosjon G'ulomov Slavisha Stoyanovichning o'rniga maydonga tushdi

56. ZARBAAAAA. Solovyov jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq



46. O'zgarish: Hojimat Erkinov Azizbek Turg'unboevning o'rniga maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Ogohlantirish: "Paxtakor"dan A'zamov ogohlantirildi 

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

44. ZARBAAA. Payshanbe uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq



Tezkor hujumda Sobirxo'jaev uzatgan to'pni Dragan 16 metrlardan darvozaning chap yuqori burchagiga aniq yo'lladi


41. GOOOOOOOOOL. Cheran hisobni ochdi

34. Mezbonlar ko'plab burchak zarbalari bo'lmoqda, hozircha Lochinlar bu imkoniyatlardan foydala olmapti.


31. UXXXXXXX. Cheran qanotdan to'pni Rashidovga uzatdi, o'z o'rnida Sardor Farruhga qulay qilib tashlab berdi, ammo Sayfievning kuchli zarbasi noaniq

30. ZARBAAAAAAA. Isoqjonov jarima maydonchasining tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi, biroq Quvvatov o'z o'rnida



23. ZARBAA. Sardor Rashidovning jarimadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

22. Ogohlantirish: Isoqjonov uchrashuvdagi ilk sariq kartochkani oldi

22. Birinchi bo'limning yarmi yakunlandi. Hozircha o'yin muxlislar istagandek bo'lmayapti  

13. Uchrashuvda to'xtalish. Shifokorlar Isoqjonovga yordam ko'rsatmoqda

10. ZARBAAA. YUSUPOOOOV. Sayfiev zarba yo'lladi, O'tkir Yusupov hujumni bartaraf etdi. Yon hakam bayroqchasini ko'tardi

2. Solovyov jarimadan to'pni uzatdi, biroq jamoadoshlaridan hech kim to'pga yetib kela olmadi 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia