

Kuni kecha O'zbekiston Birinchi ligasiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Bu yilgi musobaqada quyidagi 12ta klub ishtirok etadi:
"Zomin" (Zomin tumani, Jizzax) - Bosh murabbiy: Asqar Umarov
"Jomboy" (Jomboy tumani, Samarqand) - Bosh murabbiy: Olim Mamasoliev
"Bunyodkor-Farm" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Mirkamol Qosimov
"Lochin" (Chirchiq tumani, Toshkent viloyati) - Bosh murabbiy: Maqsud Irisboev
"Rubin" (Ohangaron tumani, Toshkent viloyati) - Bosh murabbiy: Yavar Najafaliev
"Jizzax-Bars" (Sharof Rashidov tumani, Jizzax) - Bosh murabbiy: Husan Jamolov
"Chig'atoy" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Dmitriy Kim
"G'ijduvon" (G'ijduvon tumani, Buxoro) - Bosh murabbiy: Vali Keldiev
"Paxtakor-79" (Uychi tumani, Namangan) -
"Neftgazmontaj" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Bobir Mahkamov
"Lokomotiv-BFK" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Ravshan Ahmedov
"Navbahor-Farm" (Namangan shahri) - Bosh murabbiy: Rashid G'ofurov.
Bu yilgi Birinchi ligada jamoalar uy-safar tizimida ikki davra o'yin o'tkazishadi. Mavsum yakunida birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Pro-ligaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan klub esa Pro-ligada 9-pog'onani band etgan klub bilan o'tish o'yinida to'qnash keladi.
Dastlabki tur o'yinlari 10-11 aprel kunlari o'tkaziladi. Birinchi tur juftliklari bilan tanishing:
10 aprel
"Neftgazmontaj" - "Jizzax-Bars"
"Paxtakor-79" - "Zomin"
"Rubin" - "Jomboy"
11 aprel
"Navbahor-Farm" - "G'ijduvon"
"Chig'atoy" - "Lochin"
"Bunyodkor-Farm" - "Lokomotiv-BFK"




