29, 34, 40, 56 va 79-daqiqalar... Mbappe faoliyatidagi birinchi penta-trikka erishdi

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2023, 08:30
Fransiya Kubogi 1/16 finalida PSJ 7:0 hisobida quyi divizion jamoasi “Pey De Kassel”ni tor-mor etdi.

Kilian Mbappe uchrashuvda beshta gol urdi va bitta assistni o'z hisobiga yozdirdi. 24 yoshli francuz futbolchilik faoliyatida ilk bor penta-trik qayd etdi. 

Bungacha Mbappe 2 marta pokerga erishgandi: 2019 yil “Lion” (5:0) hamda Fransiya TJ safida 2021 yil Qozog'istonga (8:0) qarshi bahslarda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia