26 fevral kuni Yaypanda O'zbekiston Superkubogi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2022, 15:55
2022 yilgi O'zbekiston Superkubogiga Yaypan mezbonlik qiladi.

27 fevral sanasida Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida Superkubok uchrashuvi bo'lib o'tadi va unda amaldagi chempion “Paxtakor” mamlakat kubogi sohibi “Nasaf”ga qarshi bahs olib boradi.

Superkubok o'yini 27 fevral kuni soat 16:00 da start oladi. Undan bir kun avval esa o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Xususan, 26 fevral kuni soat 16:00 da nominal mehmon – “Nasaf” “O'zbekiston” stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Soat 17:00 da esa nominal mezbon – “Paxtakor” mashg'ulot olib boradi. Mashg'ulotlarning dastlabki chorak soati OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

O'yinoldi matbuot anjumanlari ham “O'zbekiston” stadionida tashkil etiladi. “Nasaf” bosh murabbiyi va 2 nafar yetakchi futbolchisi ishtirokidagi matbuot anjumani soat 17:15 da o'tkazilsa, “Paxtakor” ustozi va yetakchi o'yinchilari ishtirokidagi matbuot anjumani soat 18:15 da bo'lib o'tadi. Matbuot anjumanlari jonli efirda namoyish etiladi.

Barcha turdagi OAV vakillarini Yaypandagi uchrashuv tafsilotlarini yaqindan yoritib borishga chorlaymiz", - deb yozadi PFL rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz