25 yoshli futbolchi yurak hurujidan vafot etdi

Tolibjon Qosimov
6 noya 2017, 19:36
Futbol olamida ko'ngilsiz voqea ro'y berdi.

2014 yildan 2017 yilgacha APLda "Stok Siti" tarkibida to'p tepgan Dionatan Teysheyra 25 yoshida yurak hurujidan vafot etdi.

Markaziy himoyachi bo'lgan Teysheyra ana shu 3 yil mobaynida 2 bor Premer-ligada maydonga tushgan. "Stok" tarkibiga u o'z vaqtida 400 ming funt sterling evaziga o'tgan edi.

Uning so'nggi klubi bo'lgan "Sherif" vakillari: "Biz Dionatanning qarindoshlari va do'stlariga chuqur hamdardlik bildiramiz".


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk