25 mart kuni Andijonda ikkita o'yin bo'ladimi?

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 14:03
Bugun 2018 yilgi PRO-liga bahslariga qur'a tashlandi.

"Andijon" jamoasi Pro-ligadagi dastlabki uchrashuvni 25 mart kuni o'z maydonida "Bunyodkor-2" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ammo o'sha kuni Andijonda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi oldindan belgilab qo'yilgandi.

Qiziq, "Andijon" jamoasining 1-turga belgilangan o'yini boshqa kunga ko'chiriladimi? PFL bu borada vaziyatga oydinlik kiritsa ajab emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати