24 noyabr kuni Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2018, 12:03
Dubay shahrida tashkil etilgan xalqaro “Dubay Cup” turnirida ishtirok etgan hamda chempion bo'lgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni damda Toshkentga yetib keldi.

Ma'lumot uchun, Ravshan Haydarov murabbiyligidagi terma jamoa ushbu musobaqada BAA, Quvayt hamda Yaponiya terma jamoalari bilan bahsda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.

Ushbu munosabat bilan, ertaga, 24 noyabr Ravshan Haydarov ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o'tkaziladi. Matbuot anjumani Milliy Olimpiya Qo'mitasi majlislar zalida soat 11:00da boshlanadi.

Ushbu matbuot anjumaniga barcha OAV xodimlari taklif etiladi.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz