Rasman: "Yuventus" turkiyalik futbolchini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2019, 23:40
Yuventus yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Bu safar turinliklar Sassuolo himoyachisi Merih Demiral bilan besh yillik kelishuvga erishishdi. Transfer summasi esa 18 mln. evroga baholangan. 

Qayd etish joizki, Sassuolo futbolchini joriy yilning yanvarida Alanyaspordar ijara asosida qo'lga kiritgandi. Keyinchalik esa uni 9,25 mln. evroga xarid qilishga ham erishishdi.

21 yoshli turkiyalik futbolchi A Seriyaning yakunlangan mavsumida 14 bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 2 bora ishg'ol etdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Мериҳ Демирал