O'zbekiston terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019
21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida "China Cup-2019" turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada mezbon - xitoyliklardan tashqari O'zbekiston, Urugvay va Tailand terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Milliy jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ushbu turnirga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.


Darvozabonlar: Akbar To'raev (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Egor Krimec ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Dostonbek Tursunov ("Renofa Yamaguchi"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Akmal Shorahmedov (AGMK), Davron Hoshimov ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG"), Otabek Shukurov ("Sharja"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Javohir Sidiqov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Seul").

Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Paxtakor"), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Eldor Shomurodov ("Rostov").

O'zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Xitoy esa 21 mart kuni Tailand bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o'zaro to'qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia