Breaking news. Superligada jamoalar soni qisqarishi mumkin FOTO

Narzulla Saydullayev
4 fev 2019, 13:56
PFL klublarga xat yuborish orqali ularni jiddiy ogohlantirdi.

Ushbu xatda PFL rahbariyati Superliga va PRO-liga A ishtirokchilari oldiga qo'yilayotgan talablarni bajarishlari kerakligi haqida ogohlantirgan. Talabni bajarmagan klublarga keskin sankciyalar qo'llanilishi aytiladi. Faqatgina ishni to'g'ri yo'lgan qo'ygan klublargina musobaqalarda ishtirok etishi mumkinligi takidlangan.

Xatda Superliga ishtirokchilari soni 13 fevralga qadar aniq bo'lishi alohida aytilgan. Ayni vaqtda O'FA hamda PFL Superliga klublari sonini 10taga qadar qisqartirish masalasini ham ko'rib chiqmoqda. Bu haqda klublar ogohlantirildi.

Eslatib o'tamiz, hozircha yangi mavsumga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tmadi. Oldinroq PFL 2019 yilgi Superliga bahslari 1 mart kuni start olishi haqida xabar bergan edi.

Xat mazmuni bilan quyida tanishish mumkin: 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia