Qirg'iziston futbol federatsiyasi: "Biz xafamiz"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2018, 16:44
Qirg'iziston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Natalya Ugryumova bishkeklik futbolchi Ilzat Axmetov Rossiya terma jamoasiga chaqirilganiga izoh berdi.

"Biz Ilzatni bir necha marta terma jamoaga taklif qildik, ammo u Rossiya chempionatida o'ynashini va kelajakda Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olishi mumkinligini aytib taklifni rad etgan edi. O'sha paytda u Rossiya yoshlari safida to'p tepardi.

Qirg'iziston futbol federatsiyasi xafami? O'zingiz bilasiz, Axmetov - yuqori darajali, sifatli futbolchi. Biz futbolda yarqirab turgan jamoalardan emasmiz va bunday futbolchilarni berib yuborishga ko'nikmaganmiz. Ilzatning qarori bizni xafa qildi" - deydi Qirg'iziston futbol federatsiyasi matbuot kotibi Natalya Ugryumova.

Rossiya terma jamoasiga kimlar chaqirilgani ma'lum bo'ldi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com