Superliga. "Buxoro" Navoiyda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2018
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 19-daqiqada Elguja Grigalashvili bir himoyachini ustalik bilan aldab, kuchli zarba yo'lladi. Himoyachilar to'p yo'liga g'ov bo'lishdi. 25-daqiqada  Elguja Grigalashvilining chamasi 18 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini Akmal Tursunboev qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 42-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

60-daqiqada  Shodmonovning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Nemanya Yovanovich boshi bilan uzoq burchakka yo'naltirdi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 69-daqiqada Samandar Shodmonovning chap burchakdan jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pni Gevorkyan boshi bilan darvozaga yo'naltirdi. To'p darvoza to'sii ustidan utib ketdi.

77-daqiqada Arslonmurod Omonov jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va bir himoyachini aldab o'tib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 0:1.

Uchrashuvda "Buxoro" g'alabaga erishdi.




Superliga 19-tur
29 iyul, yakshanba
20:00   “Qizilqum” - “Buxoro” 0:1
Hakamlar:
Vladislav Seytlin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Firdavs Norsafarov.
Nazoratchi: Radik Serazetdinov.
Komissar: Baxtiyor Namozov

Gol: Arslonmurod Omonov 77, - 0:1.

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Erkin Boydullaev, Giorgi Kvesieshvili, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (Sherali Jo'raev, 79), Muhsin Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Nemanya Yovanovich, 54), Ivan Nagaev, Salim Mustafoev
Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Alisher Sanoev, Orzu Razzoqov, Mirjalol Qosimov, Bekzod G'anijonov

"Buxoro": Akmal Tursunboev, Arslonmurod Omonov, Shavkat Salomov (Suhrob Ne'matov, 85), Sanat Shixov, Shavkat Mullajonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Rahmatullo Berdimurodov, Mirjalol Jumaev, Aziz Ibragimov (Vadim Chemirtan, 46), Vlad Larinov (Behruz Shodmonov, 73)
Zaxira: Asilbek Omonov, Boburjon Omonov, Nozim Umurov, Akobir To'raev, Shahboz Erkinov, Javohir Qahramonov,

Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov 16,



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia