2020/21 yilgi mavsum Rossiya chempionatida legionerlar limiti "8+17" ko'rinishida bo'ladi

Alisher
26 iyun 2019, 17:42
Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo'mitasi yig'ilishida chet ellik futbolchilarga qo'yiladigan limit qabul qilindi.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab klublarning 25talik ro'yxatidan uzog'i bilan 8 nafar xorijiy futbolchi o'rin olishi mumkin.

Shu bilan birga, xorijiy futbolchilarga cheklov qo'yilmaydi va ularning barchasi bir vaqtda maydonda o'ynashlari mumkin.

2019/20 yilgi mavsumda esa eski qoida saqlanib qolinadi. Unga ko'ra, maydonda bir vaqtning o'zida 6tadan ortiq legioner tushishi mumkin emas.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TACC