2020 yilda "Buxoro"ni kim boshqarishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
21 dek 2019, 13:19
"Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiev kelasi mavsum ham jamoani boshqaradi.

"Muhsin Muhammadiev "Buxoro"ni iyun oyida qabul qilib olgan edi. Ushbu murabbiy boshchiligida jamoa 16 uchrashuvda maydonga tushib, 4 g'alaba, 5 durang va 7 mag'lubiyat qayd etdi. Murabbiyga klub rahbariyati tomonidan ishonch bildirildi. Muhammadiev ham o'z navbatida raqobatbardosh jamoa tuzishga va kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik olib borishini ta'kidladi. Shuningdek yordamchi murabbiy Oleg Shirinbekov ham kelasi mavsum o'z ishini davom ettiradi", - deb yozadi "Buxoro" klubi matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia