Davlat rahbariyati va hukumat qarorlari samarasi o'laroq yaratilgan sharoitlar natijasida xalqaro maydonlarda qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar salmog'i oshib bormoqda.
Xususan, 2013 yili Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslarida Ahmadjon Musaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi sayyoraning kuchli sakkiz terma jamoasi qatoriga kirdi. Oldinda esa tajribali mutaxassis Dilshod Nuraliev qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini BAAda 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari kutib turibdi.
Ma'lumki, o'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz qatorida, O'zbekiston milliy terma jamoasi ham mundial final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishga har qachongidan yaqin kelgandi. Biroq Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoa JCH-2014 saralashining sentyabr oyida Iordaniya milliy terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan pley-off bahslarida kutilgan natijaga erisha olmadi.
O'zbekiston uchun JCH-2014 saralash kampaniyasi yakuniga etganidan so'ng, O'zbekiston futbol Federatsiyasi rahbari Mirabror Usmonov milliy terma bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan uchrashdi va saralash yakunlarini atroflicha muhokama qildi. Pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, 2012 yil iyun oyidan beri milliy termaga ustozlik qilib kelayotgan Mirjalol Qosimov O'FF prezidentidan iste'foga chiqish uchun ruxsat so'radi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2015 yilgi Osiyo Kubogining final bosqichiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Musobaqa saralash bosqichi doirasidagi Vetnam terma jamoasiga qarshi kechadigan o'yin (15 oktyabr)ga juda oz muddat qolgan. Shundan kelib chiqib, Mirabror Usmonov iste'fo biroz kechiktirilishini, hozir esa kayfiyatni tushirmay, bo'lajak mas'uliyatli o'yinlarga jiddiy xozirlik ko'rish zarurligini ta'kidladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga hozirda O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar orasidan munosib nomzodlar ko'rib chiqilmoqda. Mirabror Usmonovning qayd etishicha, terma jamoa boshqaruviga xorijdan tajribali mutaxassislarni jalb etish rejasi ham bor. O'FF rahbarining so'zlariga ko'ra, bosh murabbiyi masalasi 2014 yil yanvar oyiga qadar hal etiladi.
O'FF matbuot xizmati