20 yillik hamkorlikdan so'ng "Milan" "adidas"dan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 14:06
Italiyaning "Milan" klubi adidas bilan hamkorlikni yakunladi va Puma bilan shartnoma tuzdi.

Bitim 2018 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. So'nggi 20 yil davomida "Milan"ning rasmiy hamkori adidas bo'lgan edi.

"Puma yetakchi jahon brendi va yaqin bir nechay mavsum ichida futbol maydonida o'z maqsadlarimizga erishamiz" - deydi "Milan" bosh direktori Marko Fassone.

Puma "Arsenal", Dortmundning "Borussiya" klubi va Italiya, Shveytsariya, Avstriya, Chexiya, Kamerun, Gana va Kot-d’Ivuar futbol federatsiyalarining homiyi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia