"Inter" "Manchester Siti" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2026, 15:48
Milanning "Inter" klubi "Manchester Siti"ni tark etganidan so'ng o'ziga yangi jamoa izlayotgan 32 yoshli himoyachi Jon Stounz bilan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan kelishuv shartlarini o'rganmoqda, deya xabar beradi Sky Sport Italia.

"Inter" ingliz futbolchisini markaziy himoyani kuchaytirish uchun variant sifatida ko'rib chiqmoqda. Shu yozda erkin agent maqomini olgan Stounz atrofidagi vaziyatni "Yuventus" ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda Jon Stounz barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi. Angliyalik himoyachi "shaharliklar" safida 2016 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi va ushbu davr mobaynida olti bor Premer-liga chempionligi hamda Chempionlar Ligasi kubogini qo'lga kiritishga ulgurdi.

gettyimages-2277457771-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia