"Manchester Siti" himoyachisi: "Husanov o'sdi va gullab-yashnadi, u - aql bovar qilmas tezlikka ega"

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 18:42
"Manchester Siti" a'zosi Jon Stounz markaziy himoyadagi sherigi Abduqodir Husanov haqida fikrlarini bildirdi.

"Men markaziy himoyaga qoldirayotgan himoyachilar, butun jamoadagilar kabi - haqiqiy super yulduzlar. Har birining o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor. Masalan, Husa [Husanovning taxallusi - tahr) juda yosh paytida, tilni zo'rg'a bilgan holda Angliyaga keldi.

Uning debyuti qiyin kechdi, ammo o'shandan beri o'zining faqat eng yaxshi tomonlarini ko'rsatib kelmoqda. U o'sdi va gullab-yashnadi. Uning tezligi va himoyadagi o'yinni tushunishi - qoyilmaqom. Bundan keyin ham o'sishda davom etishini kuzatib boramiz degan umiddaman", – dedi 31 yoshli himoyachi.

Stounz "Manchester Siti"ga 2016 yilda kelib qo'shilgan. Jamoa tarkibida 294 o'yinda qatnashib, 19 ta to'p kiritgan. Bu mavsum Stounzning "Manchester Siti"dagi so'nggi mavsumi. U bu yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The National News