Ispaniya chempionati. “Atletiko” g'alabani qo'ldan chiqardi

La Liganing 10-turida “Atletiko” o'z maydonida “Vilyarreal” qarshiligini engga olmadi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Anxel Korrea o'yinda hisobni ochgan bo'lsada, bellashuv yakunlanishiga 9 daqiqa qolganida Karlos Bakka muvozanatni tikladi -1:1.

Natijada tomonlar bittadan ochko bo'lishib olishdi.

20 ochko to'plagan “Atletiko”  turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Vilyarreal” 17 ochko bilan beshinchi pog'onani band etgan.

Ispaniya chempionati, 10-tur.

Atletiko – Vilyarreal 1:1 (0:0, 1:1)

Gollar:1:0 – 61 Korrea, 1:1 – 81 Bakka.

Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Parti, Gabi, Saul, Korrea, Gameyro (Vetto, 75), Grizmann.

Vilyarreal –  Barbosa, Alvaro Gonsales, Kosta (Rukavina, 69), Mario Gaspar, Ruis, Fornals (Cheryshev, 76), Rodri Ernandes, Soriano (Kastilexo, 60), Trigeros, Bakambu, Bakka.

Ogohlantirish:Trigeros (25), Bakambu (55), Bakka (79), Alvaro Gonsales (85).



Manba: championat.asia