O'zbekiston - Qirg'iziston uchrashuvi mehmonlar iltimosiga ko'ra muxlislar uchun yopiq bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2017, 13:07
25 avgust kuni O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"O'yin 25 avgust kuni "Bunyodkor" stadionida o'tishi rejalashtirilgan. Bugun O'FF va Qirg'iziston futbol federatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi, bu uchrashuvda stadion o'zgarishi mumkin. O'rtoqlik uchrashuviga muxlislar kiritilmasligini Qirg'iziston tomoni so'ramoqda. Hozircha vaziyat shunday. Bugungi uchrashuvdan so'ng O'FF rasmiy saytida bu o'yinga oid barcha rasmiy ma'lumotlar taqdim etiladi", - deydi O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia