“Zomin” jamoasidan navbatdagi yig'in

Narzulla Saydullayev
5 mar 2016, 10:53
Joriy yilning 4 martidan boshlab, “Zomin” jamoasi navbatdagi uchunchi yig'inini boshladi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarida  ishtirok etuvchi “Zomin” jamoasi shu kunlarda musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa uchunchi yig'inni Toshkent shahrida tashkil qildi. Yig'inni poytaxtda tashkil qilishdan maqsad Birinchi va Oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish. Jamoa ko'rigidan Birinchi va Oliy ligada ishtirok etgan bir qator o'yinchilar o'tmoqda. Oq bo'rilar bugun Toshkent shaxrining “Paxtakor-2” jamoasiga qarshi uchrashuvni o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi yig'in doirasida “Zomin” jamoasi “Sug'diyona” o'rinbosarlari bilan 1-1 hisobda durranga imzo chekishgan.  

Akmal RAXMATULLAEV
“Zomin” PFK matbuot kotibi  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia