Zidan: "Kurtua – kuchli futbolchi"

Eldor Akmurzayev
5 okt 2019, 02:05
Real ustozi Zinedin Zidan klub posboni Tibo Kurtua shaniga yog'ilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

“Kurtua – kuchli futbolchi. Ayni vaqtda u vaziyatni o'zgartira olishini tushunadi. Ishqibozlar uning xatolari haqida gapirishi mumkin, lekin u so'nggi 2 bahsni (Atletiko – 0:0, Sevilya – 1:0)  quruq o'tkazganini yoddan ko'tarmaslik zarur. Vaziyatni o'rganmoqdamiz. Ko'ramiz, ertaga nima bo'lar ekan”, deydi Zidan.

Avvalroq, Zidan Areola Kurtua kabi ajoyib kiper ekanligini, asosiy tarkibdagi joy esa hech kimga kafolatlanmagani haqida aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca